Microsoft kompaniyasi Prinston Universiteti bilan birgalikda DACA dasturining yopilishiga yo'l qo'ymaslik uchun prezident Donald Tramp ma`muriyatini sudga berdi, deb xabar qilmoqdaBloomberg.
Dastur AQShga bolaligida kelgan 700 mingdan ziyod noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish muddatini kechiktirdi.
Da`voda aytilishicha, dasturni bekor qilish noqonuniy va konstitutsiyaga xilof hisoblanadi.
Prezident Donald Tramp ushbu dasturni tugatish haqida sentabr oyida ma`lum qildi, chunki bu uning saylovoldi kampaniya vaqtidagi va`dalaridan biri edi.