Tinib-tinchimas ijodkorlar, ya'ni Javlon Asatullayev hamda Mc Shodlardan
tashkil topgan Markaz guruhi o'zlarining navbatdagi kliplari ustida
bosh qotirishmoqda. Bosh qotirganda ham o'sha siz bilgan qo'shiq uchun.
"Menda faqat sen" kompozitsiyasi uchun suratga olinayotgan klipda siz Shahzoda
Muhammedova hamda Comedy.uz rezidentlarini uchratishingiz mumkin.
Komedik janrdagi klip rejissyori guruh vakili Javlon Asatullayevning
o'zidir. Klipni Mega Max Media (MMM) studiyasi suratga olmoqda. Odatda
MArkaz guruhining barcha kliplari o'ziga hos yo'nalishda va kutilmagan
saxnalar bilan boyitilar edi. Navbatdagi klip bizni qay darajada lol
qoldirishini esa tez orada birgalikda aniqlik kiritamiz.