Xitoyning o'tmishdagi etakchisi Mao Szedunning amerikalik rassom Endi Uorxoll tomonidan chizilgan portreti 11 noyabr kuni Nyu-Yorkda kim oshdi savdosiga chiqariladi. Art News nashrining yozishicha, uning boshlang'ich narxi 40 mln dollarni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, galerist Bruno
Bishofberger 7 yil tanaffus qilgan rassomga XX asrning eng yirik
shaxslaridan birining portretini yaratishni maslahat bergan.
Uorxolga buning uchun Alber Eynshteyn taklif qilingan, ammo ijodkor Mao Szedunni tanlagan.
Lot Sotheby's kim oshdi uyi tomonidan sotuvga chiqariladi.