56 yoshli qo'shiqchi Madonna taniqli boshlovchi Govard Sternga
bergan intervyusida u 19 yosh bo'lganda uning nomusiga tajovuz qilingani
haqida gapirib berdi.
Madonnaning aytishicha, bu uning Nyu-Yorkdagi hayotining birinchi yilida
yuz bergan. U o'shanda atrofdagilarga nisbatan ishonuvchan va
ko'ngilchan bo'lgan. Madonna kunlardan birida o'tkinchi odamdan telefon
avtomatdan qo'ng'iroq qilib olish uchun ozroq pul so'ragan, biroq bu
notanish kimsa unga o'z uyidan telefon qilishi mumkinligini taklif
qilgan. Madonna ko'ngilchanligi tufayli bu odamga ishongan. Biroq bu
odam uni uyiga olib borish o'rniga, bir uyning tomiga olib chiqib, uning
nomusiga tajovuz qilgan.
Madonna esa politsiyaga murojaat qilmaslikka qaror qilgan.
O'tgan yilning dekabrida, Ledi Gaga ham aynan shu boshlovchiga bergan
intervyusida, uning ham 19 yoshligida nomusiga tajovuz qilingani haqida
gapirib bergandi. Manba:kun.uz