"Samoviy basseyn” deb nomlangan loyihani avval Apple do‘konlari dizayni bilan shug‘ullangan Eckersley O’Callaghan kompaniyasi ishlab chiqdi. O‘ninchi qavatda ikki uyni birlashtiradigan, konstruksiyasi plastikdan tayyorlanib, maxsus podshipniklar yordamida qotiriladigan ochiq basseynning uzunligi 25, eni 5, chuqurligi esa 3 metrga boradi.
Basseyn shahar markazi yaqinidagi Nayn-Elmz tumanida joylashgan Embassy Gardens majmuining tarkibiy qismi sifatida loyihalashtirilgan.