InterNations yirik migrantlar tarmog'i ko'chib o'tish uchun eng qulay tadqiqot natijalarini taqdim etdi.
Tadqiqotchilar dunyoning 191 mamlakatida yashovchi 14 000 migrantni so'roq qilishdi. Ular xorijdagi hayotning 43 jihat bo'yicha baholashdi: jinoyatchilik, korrupsiya, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanish darajasi va h.k.
Lyuksemburg birinchi o'rinni egalladi: kichik mamlakat jinoyatchilik bobida dunyodagi eng past ko'rsatkichlarni qayd etgan. Ikkinchi pog'onada - Singapur. Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, bu yerda korporativ jinoyatchilik darajasi juda past.
Migratsiya uchun eng xavfsiz 11 mamlakat ro'yxati:
1. Lyuksemburg
2. Singapur
3. Yaponiya
4. Kanada
5. Malta
6. Shveytsariya
7. Norvegiya
8. Yangi Zelandiya
9. Finlyandiya
10. Tayvan
11. Ummon