У нас есть только
оригинальные песни

Kia va Hyundai avtomobillarida ovozli-yordamchi paydo bo'ladi

calendar 01.01.2018
878

Janubiy Koreyaning Hyundai va Kia avtomobillari 2019 yildan e`tiboran virtual yordamchilarga ega bo'ladi. Sun`iy intellektni Kremniy vodiysidagi SoundHound kompaniyasi ishlab chiqadi. Ayni kompaniya Siri yoki Alexa kabi chatbotlarni tuzishda ishtirok etmoqda.

Avtomobil ovozli yordamchisi eshikni ochib, yopadi. Salondagi haroratni bir me`yorga keltiradi, yo'l yo'nalishini aytadi, uchrashuvlar va joriy ishlarni yodga soladi. Aqlli uy jihozlarini masofadan boshqaradi hamda Alexa chatboti qila oladigan ishlar, yangiliklar va ob-havo haqida so'zlaydi. 

Garchi bu avtomobillar uchun ilk ovozli yordamchi bo'lmasa-da, SoundHound ishlab chiqarayotgan virtual yordamchi bir necha buyruqni bir vaqtning o'zida tushunishi kerak. Masalan, haydovchi chiroqlarni yoqishni va ob-havo haqida so'rasa, tizim ikki talabni ham bir vaqtda bajarishi lozim bo'ladi, deb yozadi TechCrunch.

Intelligent Personal Assistant deb nomlanuvchi sun`iy intellekt 2018 yilning ilk ko'rgazmasi - CES 2018’da rasman namoyish etiladi. Sinov ishlari ham 2019 yilda yetkazib berishga ulgurish uchun shu yili boshlanadi.
 
So'nggi vaqtlarda Hyundai kompaniyasi ko'p-ko'p va`da bermoqda: yaqinda kelasi 8 yilda avtomobil bozoriga 38 ta yangi elektromobilni taqdim etishini bildirgan edi. Uning 7 tasi yaqin 5 yilda paydo bo'lishi kerak. Bu Osiyo ishlab chiqaruvchisini elektromobillar ishlab chiqarish sohasida ham yetakchiga aylantirishi kerak.

Яндекс.Метрика