Hech kimga
sir emaski, bugungi kunda Jasur G’oipov O’zbek estradasining yetakchi
vakillaridan biriga aylanib ulgurdi. U bor diqqatini yangilik yaratishga
qaratgan. Masalan: 5 avgust kuni
O’zbegim Taronasi va boshqa qator radioto’lqinlarda premyera qilingan vatanimiz
mustaqilligining 23 yilligiga bag’ishlangan taronasi. Bu ashula muhlislar tomonidan iliq kutib olindi. Xonanda
ma’murining xabar berishicha, Jasur G’oipov deyarli har hafta yangi taronasi
bilan barcha radioto’lqinlarining premyera loyihalarida va internet
portallarida ishtirok etadi. Shu sababli biz Jasur G’oipovning so’ngi
yangiliklari va ijodini barcha internet portallarida va xonandaning rasmiy sahifasi
jg.uz saytida kuzatib borishingizni maslahat beramiz. Hali bu hammasi emas…
barchasi oldinda!