Toshkentda O'zbekiston davlat jahon
tillari universitetining yangi o'quv-ma'muriy binosi qurib bitirildi.
1news.uz saytida ushbu binoning suratlari chop etildi.
Aytilishicha, binoda 2 200 talaba ta'lim oladi.
Bino yaqinida zamonaviy sport kompleksi, 400 kishilik oshxona va xorijiy mutaxassislar uchun mehmonxona qad ko'tardi. Talabalar shu o'quv yilidan boshlab ushbu binoda ta'lim ola boshlaydi.