Ivan Rakitich: Messi, Suares va Neymar bilan bir jamoada o'ynash oson emas
31.07.2015 1149
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoadoshlari haqida fikr bildirib o'tdi. "Ko'pchilik Messi, Suares, Neymar bilan bir jamoada o'ynash oson deb o'ylaydi. Ammo unday emas. Ular umuman boshqa darajadagi futbolchilar. Biz barchamiz ushbu uch nafar futbolchiga qarab o'ynaymiz. Masalan, men ulardan biriga vaziyat yaratib berishim uchun 5 kilometr yugurishim kerak bo'lsa, yuguraman. Biz hammamiz shunday qilamiz. Hammasi Messini o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Baxtimizga u biz bilan birga to'p suradi. Shu sababli biz qo'limizdan kelgancha uni ayashga harakat qilamiz", - deydi Rakitich.