У нас есть только
оригинальные песни

«Instagram» foydalanuvchilari soni milliardga yetdi

calendar 21.06.2018
804

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni milliard kishiga yetgani kompaniya 20-iyun kuni taqdim etgan bayonotda ma’lum qilingan.

«Instagram» endi bir millardlik global hamjamiyat! 2010-yilda ishga tushganimizdan beri biz hamjamiyatimiz tinmay o‘sishi va gullab-yashnashini hayrat bilan kuzatib kelyapmiz. Bu «Instagram»dagi barchamiz uchun muhim yutuq, barchangizga rahmat!», — deyiladi bayonotda.

Kecha, 20-iyun kuni «Instagram» videotasvirlar uchun mo‘ljallangan «IGTV» ilovasini taqdim etgani haqida biz xabar bergandik.

Яндекс.Метрика