У нас есть только
оригинальные песни

Hitoy Afrika bozorini ham egallamoqda

calendar 02.08.2016
1183

Ko'plab afrikalik tadbirkorlar Hitoyni o'zlari uchun yangi imkoniyatlar makoni deb hisoblamoqda. Minglab afrikalik biznesmenlar Hitoyga oqib kelishmoqda. Bu haqda Al Jazeera habar beradi.

Shunday tadbirkorlardan biri Natali Fodderi, deyiladi manbada. U Kongo Demokratik Respublikasidan Guanjouga kelgan. U uch hafta davomida ta`mirtalab bo'lgan restorani uchun jihozlar topishi kerak.

Hitoy va KDR o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar 2007 yildan buyon yahshilanib keladi. O'shanda afrikaliklar Hitoyga 14 milliard dollarlik mis va kobal't Yetkazib berishadi. Evaziga Hitoy qurilish korhonalari Kongoda 3,500km avto va temiryo'llar, 30 ta kasalhona quradi. Bu g'arb mamlakatlarining beradigan kreditlaridan ancha qulay edi.

Shu tariqa ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar yahshilana boshladi. Kongo ko'chalarida odamlar «Ni Hao» deb hitoycha salomlasha boshladilar. Mahalliy aholi Hitoyni shunchalik yahshi ko'rib qolishdiki, qora tanli bo'lmagan har qanday odamga hitoycha salom berishadi.

Kongodagi aviakompaniyalar ham Hitoyga mahsus reyslar ocha boshladi. Birinchi bo'lim Guanjou o'z eshiklarini keng savdo uchun ochdi.

Shu tariqa Hitoy Afrika bozorini ham asta-sekin egallamoqda...

Яндекс.Метрика