У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan Tracker avtomobili qachondan sotuvga chiqarilishi haqida ma`lumot berdi

$IMAGE$

GM Uzbekistan’ning Xalqaro press klub materialida xabar berishicha, Tracker joriy yilning sentabr oyidan sotuvga chiqariladi.

Avtosanoatga bag'ishlangan sessiyadan avval press klub ma`muriyati foydalanuvchilarga «O'zavtosanoat» vakillariga savollar berishni taklif qildi. Ulardan biri yangi modellarni chiqarish bo'yicha rejalarga aloqador edi.

Press klub tomonidan e`lon qilingan javoblarga ko'ra, kompaniya model qatorini kengaytirish va yangilash ustida faol ishlamoqda.

«Misol uchun, 2015 yil oktabr oyidan gaz uskunali “Lasetti” modifikatsiyasi, 2016 yil mart oyidan old panjarasi yangilangan “Spark” rusumi, 2016 yil may oyidan «Neksiya» modelining yangi avlodi, 2017 yil aprel oyidan «Malibu» modelining yangi avlodi hamda joriy yilning sentabr oyidan sotuvi amalga oshiriladigan “Trekker” avtomobili kabilarni keltirish mumkin», - deyiladi xabarda.

Istiqboldagi rejalarda elektromobillarni ishlab chiqarish ham belgilangan. Unga ko'ra, “A” sinfidagi avtomobillar bo'yicha 2027 yildan va “V” sinfidagi avtomobillar bo'yicha 2028 yildan amalga oshiriladi.

O'zbekistonda Chevrolet Tracker’ni ishlab chiqarish boshlanishi 2017 yilning noyabrida ma`lum bo'ldi. O'shanda «O'zavtosanoat»ning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida umumiy qiymati 189,9 mln AQSh dollariga teng 7ta shartnoma, shuningdek, qiymati 614 mln AQSh dollaridan ortiq bo'lgan shartnomalar imzolangani xabar qilingandi.

Яндекс.Метрика