У нас есть только
оригинальные песни

«GM Uzbekistan» Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalarini tashkil etadi

calendar 02.09.2018
993

Avvalroq «GM Uzbekistan» O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan 5 sentyabrgacha dilerlik avtosalonlari ishlamasligini ma’lum qilgan edi. Biroq «GM Uzbekistan» tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida «45 daqiqa ichida avtomobil» dasturiga muvofiq avtomobillarni sotish uchun kompaniya avtomobil bozorlari hududida «Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalarini» tashkil etmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Ilk savdo maydonchasi Toshkent shahrida Sergeli avtomobil bozori hududida ushbu dam olish kunlari tashkil etiladi. Savdoga 1475 dona «Spark» va «Kobalt», «Lasetti» avtomobillari qo‘yiladi. GM Uzbekistan vakillari kerakli tavsiyalarni berib mahsulot haqida batafsil ma’lumot taqdim etishadi.

Shuningdek, rusumidan qat’iy nazar har qanday avtomobil xarid qilgan mijozlarga velosiped sovg‘a qilinadi. Yaqin vaqt ichida «Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari» mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Яндекс.Метрика