Forbes jurnali 2014 yilda ular ishtirokidagi filmlar eng ko'p pul
keltirgan Gollivud aktyorlari ro'yxatini chop etdi. Bu ro'yxatning eng
yuqori cho'qqisini Djennifer Lourens egalladi. Forbes ning
ta'kidlashicha, "Och o'yinlar” va "Iks odamlar” 2014 yilda umumiy
hisobda 1,4 mlrd dollar miqdorida kassa yig'gan. 2015 yilda Lourens "Och
o'yinlarning” 3-qismida o'ynashni rejalashtirmoqda.
Forbes talqini bo'yicha eng ko'p pul to'lanadigan aktrisalar orasida 34
mln dollar foydaga ega bo'lgan Lourens ikkinchi o'rinni egallab,
faqatgina Sandra Bullokka (51 mln dollar) shohsupani boy bermoqda.
Eng kassabop aktyorlar orasida 2-o'rinda "Galaktika qo'riqchilari”
("Straji Galaktiki”) filmida ishtirok etgan va "Lego. Film”da bosh
qahramonga ovoz bergan aktyor Kris Pratt bormoqda. U 2014 yilda o'ynagan
filmlar to'plagan umumiy mablag' 1,2 mlrd ni tashkil etgan.
3-o'rinda "Lyusi” va "Mening terimda bo'lib ko'r” ("Pobud v moey
shkure”), "Birinchi qasoskor: o'zga urush” ("Pervy mstitel: drugaya
voyna”) filmlarida bosh rollarni o'ynagan Skarlett Yoxansson bormoqda, u
ishtirok etgan filmlar umumiy hisobda 1,2 mlrd dollar keltirgan.
Shuningdek, o'ntalikdan Mark Uolberg, Kris Evans, Emma Stoun, Anjelina
Joli, Jeyms MakEvoy, Maykl Fassbender va Xyu Djekman kabi aktyorlar ham
joy olishgan.
Bu haftada Forbes "keragidan ortiqcha pul to'langan” aktyorlar
ro'yxatini ham e'lon qildi. Bu ro'yxatga Adam Sendler boshchilik
qilmoqda – hisob-kitoblarga ko'ra, unga to'langan har bir dollar
bor-yo'g'i 3,2 dollar keltirgan. Ushbu ro'yxatning 2- va 3-o'rinlarini
Jonni Depp i Ben Stillerlar egallashmoqda.