Eronda 33 kishi cho'chqa grippi avj olishi qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda IRNA agentligi.
Qayd etilishicha, odamlarning o'limiga olib kelgan shtamm mamlakatning gripp avj olgan qismiga, asosan Siston va Belujistonga xosdir.
Eron sog'liqni saqlash vazirligi infektsiyaning mamlakatning qolgan qismlariga tarqalishi mumkinligini aytmoqda. Ma'lum qilinishcha, 600 ga yaqin kishi shifoxonalarga yotqazilgan.