"Darakchi” gazetasi o'z an'anasiga sodiq qolgan holda navbatdagi sonida ham o'ziga xos reyting e'lon qildi. Ushbu reyting eng injiq o'zbek aktrisalari beshtaligidan iborat bo'ldi. Reyting natijalariga ko'ra "injiq” deb topilgan aktrisalar bunday ta'rifga o'z munosabatlarini bildirib o'tishdi.
Rayhon Ulasenova, aktrisa:
"Stsenariy yoqmasa, meni o'sha filmda suratga tushishga hech qanaqasiga ko'ndirib bo'lmaydi. Eng katta talabim esa filmda ishlaydigan har bir kishi suratga olish maydonchasiga o'z vaqtida kelsin. Punktualligim sabab ko'pincha boshqalarning mas'uliyatsizligidan ranjiyman. Shunga qaramay, bir soat kutishim mumkin, lekin undan u yog'iga sabr qilib o'tirmayman”.
Nigora Karimboeva, aktrisa:
"Qat'iy
tartibni yoqtiraman. Suratga olish aytilgan vaqtda boshlanib,
belgilangan vaqtda tugashi shart. Chunki ishlarimni soatma-soat
belgilayman. Va kun tartibiga rioya qilaman. Ishga bo'lgan munosabatni
ham qadrlayman. Hangoma aytib, kulishib o'tirib, vaqt ketkazadiganlarni
yomon ko'raman. Rejissyorga qo'yadigan talabim – aktrisa sfatida mendan
nima istashini to'liq bayon qilib, vazifani to'g'ri berishi kerak.
Xohlaganingizcha o'ynayvering deydigan rejissyorlar bilan
kelisholmayman”.
Muqaddas Holiqova, O'zbekiston xalq artisti:
"Avvalo
stsenariyni o'qib chiqib, ma'qul kelsagina suratga tushishga rozi
bo'laman. Suratga olish maydonchasida biror fikr tug'ilib qolsa, uni
rejissyorga asoslab berib, kinokartinaga qo'shtirishga muvaffaq
bo'laman... Boshqalarni grim qilgan pardoz anjomlarini menga
ishlatishlarini istamayman. Pardoz anjomlarim singari liboslarimni ham
o'zim olib boraman”.
Zulxumor Mo'minova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist:
"Birinchi
talabim – professionalizm! Buning ortida avvalo qilayotgan ishiga
bo'lgan munosabat turadi. Ijodiy jamoada rejissyordan to yordamchilarga
o'z kasbining ustasi bo'lishini istayman. Shundagina ishning natijasi
yuzaga chiqadi”.
Shodiya To'xtaeva, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist:
"Avvalo
kishi o'ziga nisbatan talabchan bo'lmasa, boshqalarga qo'yadigan
talabing bir pul. Shuning uchun o'zimga qo'ygan talablarni me'yoriga
etkazib, so'ng atrofdagilarga talab qo'yaman. Suratga olish
maydonchasida intizomni talab qilaman. Gohida kadrda bo'lmaganlar xalal
berganida suratga olishni to'xtatib, ularning xoh yoshi mendan katta,
xoh kichik bo'lsin, iltimos, tinchlikni saqlanglar, ishlayapmiz, deyman.
Atrofdagilarning ishga bo'lgan sovuqqonligi yo rejissyorning
intizomsizligidanmi, shunday holatlar yuz berib turadi”.