Xalq ta’lim vazirligi 9-sinf bitiruvchilarining ta’limni qay tarzda davom ettirishlari borasida rasmiy axborot berdi.
“Joriy o‘quv yilida 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar ota-onalari va o‘zlarining xohishlariga ko‘ra ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta’lim olgan maktablarda majburiy ta’limni davom ettiradilar”, — deyiladi vazirlik axborotida.