IDC kompaniyasi mutaxassislari dunyoda eng ko'p sotiluvchi planshet qaysi ekanligini aniqlashdi. Ma`lum bo'lishicha, bu borada yetakchi iPad hisoblanadi, uning jahon bozoridagi ulushi 30 foizni tashkil qilgan, deb xabar bermoqda Gizbot.
2-o'rinni Samsung egallagan, uning ulushi 15,8 foizni tashkil qilmoqda. Yetakchi uchlikdan Xitoyning Huawei kompaniyasi 8 foizlik ko'rsatkich bilan o'rin olgan.
Planshetlarga umumiy talabning pasayishi vaqtida faqatgina Apple gadjyetlari savdosi oshgan. Tahlilchilarning fikrlaricha, kompaniyaning bunday muvaffaqiyati ikkita yangi mahsulot chiqargani hamda hamyonbop narx siyosati bilan bog'liq.