«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyo sportidagi eng qimmat ism-brendlar reytingida 4-o'rinni egalladi.
Amerikaning moliyaviy-iqtisodiy nashri Forbes tomonidan e`lon qilingan ro'yxatni shveysariyalik tennischi Rojyer Federer boshqarib bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni amerikalik basketbolchi Lebron Jyeyms va yamaykalik sprinter Useyn Bolt egallab turibdi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi reytingda 9-o'rinni egallagan. Top-10 ichida golf, basketbol va kriket vakillari ham bor.