Leonardo Di Kaprio amerikalik jurnalist va hujjatnavis Erik Larsonning "Oq uydagi iblis” kitobi asos bo‘lib xizmat qiladigan yangi filmda suratga tushadi. Aktyor bilan besh filmda hamkorlik qilgan Martin Skorseze yangi loyihaga rejissor etib tayinlandi. Bu haqda Deadline xabar qildi.
Birinchi bor Larsonning kitobi ekranlashtirilishi to‘g‘risida 2010-yilda ovozalar bo‘lgandi. O‘shanda ham bosh rolga Di Kaprio mo‘ljallangan, ammo bunga mos rejissor topilmagach, loyiha to‘xtatilgandi.