У нас есть только
оригинальные песни

Chirchiqda kuyov qaynotasining 30 ming dollar va 10 ming yevro pulini o‘g‘irlab ketdi

calendar 09.09.2017
2184

Chirchiq shahrida yashovchi nafaqaxo‘rning uyida sodir etilgan o‘g‘rilik fosh etildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

7-sentabr kuni no’malum shaxs 1949-yilda tug‘ilgan nafaqadagi fuqaroning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, unga tegishli bo‘lgan 30 ming AQSh dollari, 10 ming yevro va 30 million so‘mlik tilla buyumlarini olib ketgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining 1983-yilda tavallud topgan kuyovi sodir etganligi aniqlanib, u ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (“juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика