У нас есть только
оригинальные песни

China Nonferrous Gold Tojikistondan qazib olingan oltindan birinchi yombilarni ishlab chiqardi

calendar 06.01.2016
1001

Xitoyning China Nonferrous Gold Limited korporatsiyasi Tojikistondagi Pokrut konidan qazib olingan qimmatbaho rudadan tayyorlangan dastlabki oltin quymalari chiqarilganini xabar qildi. Xabarnomada ta'kidlanishicha, yombilar 29 dekabr kuni tayyorlangan.

Kompaniya rahbariyati ushbu voqeani “loyiha tarixidagi muhim sana” deb hisoblamoqda. Ta'kidlanishicha, yaqin orada oltin etkazish sur'atlari yanada o'stiriladi.

Ilgariroq 2015 yilning 1 oktyabridan oltin rudasi qazib olishning birinchi fazasi ishga tushirilishi, kuniga 2 ming tonna ruda qayta ishlanishi ma'lum qilingan edi.

Pokrut China Nonferrous Gold (ilgarigi nomi – Kryso Resources) kompaniyasining yagona loyihasidir. Unga berilgan 100 foizlik litsenziya 2030 yil noyabriga qadar amal qiladi.

Vahdat shahri hududida joylashgan Pokrut konida 1 mln untsiya oltin borligi aytilmoqda. Kon 1972 yili ochilgan.

Яндекс.Метрика