OLX internet-e’lonlar servisi O‘zbekistonda foydalanilgan mashinalar orasida eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Chevrolet modellari, xususan, Spark rusumli avtomobillar eng ko‘p sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Reytingni tuzishda OLX internet-e’lonlar servisining 2016-yil yanvaridan may oyigacha bo‘lgan oraliqda amalga oshirilgan yopiq kelishuv ma’lumotlaridan foydalanildi. Iste’molda bo‘lgan mashinalar orasida eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar reytingida ikkinchi o‘rinni Chevrolet Nexia, uchinchi o‘rinni Chevrolet Matiz egalladi.