Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to'xtatadi. Bu haqda «O'zavtosanoat» boshqaruvi raisi Umidjon Salimov ma`lum qildi.
«Hozirda Captiva o'rnini bosadiganlar tayyorlanmoqda. Mashina o'z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarishni to'xtatamiz», - dedi Salimov.
O'zbekistonda Captiva 2007 yil oktabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.