У нас есть только
оригинальные песни

Burgerning haqiqiy “otasi” kim?

Bugun kimni gamburger yoki burger bilan lol qoldirish mumkin? Bunday odam Yer yuzida topilmasa kerak. Biroq kulinariyaning bu ijod mahsuli qayerdan kelib chiqdi? Tez tayyorlanadigan yeguliklar tarixi bilan tanish bo'lganlar uchun gamburger – burger turlaridan biri ekani yangilik emas.

Aniqlanishicha, nafaqat Amerika, balki dunyo fastfudi qiroli – burgerning tarixi chalkash. Kulchalar o'rtasiga solingan kotletlardan iborat buterbrod paydo bo'lishiga amerikalik, nemis va boshqa xalqlar o'z hissalarini qo'shishni istashgan.

Aslida yegulikni tez va qulay hazm qilishni kim o'ylab topdi? Bifshteksni yo'lda ketayotib yeyish yechimi qanday paydo bo'ldi?

«Gamburger» nomidan boshlaymiz. Bu so'z Gamburg nemis shahriga o'xshab talaffuz etilishini rad etishdan ma`no yo'q. Kulinar faoliyat tarixchilarining fikriga ko'ra, bu taomning retsepti Amerikaga germaniyalik emigrantlar bilan kirib kelgan: Yevropaning bu mamlakatida ancha vaqt oldin qovurilgan go'sht nonning orasida tortilishni boshlagan.

Boshqacha fikr ham mavjud: buterbrod nomi amerikacha ildizga ega: Amerikadagi Gamburg shahridan kelib chiqqan. 1885 yilda har yili o'tkaziladigan Gamburg yarmarkasida (AQSh) aka-uka Menchislar qovurilgan kotletni ikki bo'lak non orasida tortishgan. Mahsulotlar uchun Frenk va Charlz cho'chqa go'shtidan foydalanishgan, biroq u tugagach, mol go'shtiga o'tishgan.

Deyarli bir vaqtda (1885 yil) ikki qavatli kulcha orasiga qiyma solingan buterbrodlar paydo bo'ldi. Uning muallifi Seymurlik Charli Nagrin (u ham AQshdan) o'z ijod mahsulini «Charli Gamburgeri» deb nomlagan. U bunday joylashtirilgan go'shtni yo'lda ham yeyish qulay deb hisoblagan.

1891 yilda kelib chiqishi amerikalik bo'lgan (Talsa shahri) Oskar Veber Bilbi oilasi tomonidan gamburgerga mualliflik huquqi ularning ajdodlariga tegishli ekani aytilgan. Bu fikr shu darajada ishonchli ediki, Oklaxoma shtati gubernatori 1991 yilda Talsa shahrini gamburgerning haqiqiy vatani deya tan olgan.

Yana bir oshpazni gamburgerni yaratganlar ro'yxatiga kiritish mumkin. Bu – Otto Kuasava. 1891 yilda portdagi qahvaxonada ishlash vaqtida ustiga qovurilgan tuxum qo'yilgan kotletlarni tayyorlagan. Bunday yegulik barcha dengizchilarga ham yoqavermagan. Ko'pchiligi tuxumni bir chetga surib, non va go'shtni iste`mol qilishgan.

Bu yerda Texasda joylashgan afinalik Fletcher Devis burger tarixiga aralashishi mumkin. U 1880 yildayoq non bo'laklari orasiga piyoz va xantal qo'shilgan go'shtni joylashtirishni o'ylab topgan. Uning oilasida o'zlari tayyorlagan burgerlar bilan savdo qiladigan do'kon ham bo'lgan.

Yuqorida qayd etilgan familiyalarga qaramay, 2000 yilda AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan amerikalik gamburgerning haqiqiy «otasi»ning nomi aytildi. U - Lui Lessing. 1900 yilda Nyu-Xeyvendagi yemakxonada ishlagan vaqtida u tez tayyorlanadigan taomga buyurtma olgan. Lui qiyma bo'lagini olib, undan ingichka kotlet shaklini yasagan va ikki tost orasiga qo'yib, stolga tortgan. Burger tarixining asosi mana shu yerdan boshlangan.

Ko'rib turganingizdek, taom mashhurlikka erishishida eng katta hissa amerikaliklar tomonidan qo'shilgan.

Яндекс.Метрика