Shou-biznes olamining yorqin vakillaridan biri bo'lgan "Bojalar" guruhi yangidan-yangi taronalarini taqdim etishdan charchayotgani yo'q. Xozirda guruh solisti Jahongir Poziljonov bir nechta yangi taronalar ustida ish olib bormoqda. Nomlari antiqa bo'lgan "Likillama", "Sahar", "Vodolaz" nomli taronalar shular jumlasidandir. Ushbu 3 taronaning matni Timur tomonidan yozilgan bo'lib, hozirda taronalar musiqiy sayqali ustida ish olib borilmoqda. O'ylaymizki, ushbu taronalar ham hit darajasiga ko'tarilib, ko'plab muhlislariga ega bo'la oladi.