Yoshlarning sevimli xonanda hamda komik kino aktyori Jahongir Poziljonov
2 yangi kinokartinada suratga tushdi. Jahongirning g'oyasi bilan
rejissyor Otabek Mirzaxolovning "Shu yetmay turuvdi" nomli filmida
taniqli aktyorlar Shukrullo Isroilov, Hosiyat Husanova hamda Alisher
Otaboyevlar suratga tushganlar. Bundan tashqari rejissyor Javlon
Shodmonovning "Ijarachilar" filmida esa estradamizning yulduzi bo'lmish
Ziyoda, Muhammadiso Abdulhairov, Otabek Mirzaxolov suratga tushganlar.
O'ylaymizki filmlar premyerasidan so'ng ushbu ijodkorlarga baho berish
imkoniga ega bo'lamiz.