FIFA prezidenti Yozef Blatterning sobiq rafiqasi Gratsiella Blatter-Byanka sobiq turmush o'rtog'i tushib qolgan vaziyatga o'z fikrini bildirdi.
"Hozir hamma uni ayblashga tushib ketdi, biroq hech kim u futbol, ayniqsa ayollarning, jumladan amaldorlik borasidagi holatini yaxshilash uchun qanday ko'p narsa qilganini inobatga olishni xohlamayapti”, deb aytdi Gratsiella Blatter-Byanka Tages-Anzeiger nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, sentyabr oxirida Shveytsariya prokuraturasi Blatterga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atdi. Blatter mas'uliyatsizlik va tamagirlikda gumon qilinmoqda. 8 oktyabrda FIFAning axloq bo'yicha qo'mitasi Blatterni 90 kunga o'z lavozimidan chetlatdi.