O'zbekistonda dollar kursi 5 sentabrda erkinlashtirish boshlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 7912 so'm. Bundan O'zbekiston Respublika valyuta birjasining ma`lumotlari darak beryapti.
So'm 2018 yil fevralidan boshlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 so'mgacha arzonlashib ketgandi. Aprel oyi oxirlaridagi biroz pasayishdan so'ng valyuta yana mustahkamlanib bordi va hozirda 7900 so'mga yaqinlashdi.
Yevro bilan vaziyat esa biroz boshqacha, u shu hafta narxda keskin o'sdi va 9765 so'mgacha chiqdi. Masalan, may oyi oxirlarida u 9395 so'mdan savdo qilingan. Yevroning o'sishiga iyun oyidan boshlab valyuta dollarga nisbatan qimmatlashib borgani ham aloqador bo'lishi mumkin.