Rejissyor
Sherzod O’lmasov "Tasodif” filmidan so’ng yana bir yangi komedik film suratga
oldi. Ushbu film "Bir haftalik ho’jayin”
deb nomlangan bo’lib, ssenariy muallifi Fahriddin Abdusattorov. Bosh rollarni Nargiza Salmonova, Yoqub Ahmedov, Alisher
Parmonov ijro qilishgan. Bundan tashqari filmda yana ko’plab mahoratli aktyor
va aktrisalarni ko’rish mumkin. Jumladan Zuhra Soliyeva, Feruza Sobitova,
Jumadulla Rametov, Umid Shodmonov va boshqa yosh va yorqin kino ijodkorlar
ansambli turli rollarni ijro qilishgan.
Filmning asosiy g’oyasi -hozirgi
kunda faoliyat yuritayotgan ko’plab rahbarlarning qanday ish yuritayotganlari,
hodimlari bilan munosabatlarini ko’rsatib berishdir. "–Bu filmda yuqoridagi
g’oya keng va har tomonlama yoritib berilganki, uni tomosha qilgan har bir
inson o’ziga saboq oladi. Chunki bugungi kunda ko’plab rahbarlar o’z hodimi
bilan yomon munosabatda, qo’pol muomalada bo’libgina qolmay, ularni eshitishni
ham tushunishni ham xohlamaydi”,- deydi
rejissyor Sherzod O’lmasov. Filmda voqealar rivoji bir haftaning ichida
sodir bo’ladi. Ya’ni bosh rahbar chet elga xizmat safari bilan bir haftaga
uchib ketadi. O’rniga qoldirgan hodim bir hafta rahbarlik qiladi. Bu vaqtning
ichida sodir bo’lgan voqealarni kino ijodkorlar komedik – melodrama janri
orqali ko’rsatib berishgan.