Amerikalik xonanda Beyonse Niderlandiya poytaxti Amsterdamda berayotgan konserti chog‘ida Halo qo‘shig‘ini Turkiyadagi oxirgi voqealarda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishladi.
U boshlashdan oldin “Bu qo‘shiq Turkiyada halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlanadi” dedi va gulduros olqishlarga sazovor bo‘ldi.
Konsertda Turkiyaning “Galatasaroy” futbol jamoasi yulduzi, gollandiyalik Uesli Sneyderning rafiqasi Iolanta Kabau ham bor edi. U Beyonsening so‘zlarini videoga tushirib, Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.
“Bu kechaning eng go‘zal lahzalaridan biri bo‘ldi… Turkiyada yo‘qotilgan hayotlarga bag‘ishlangan qo‘shiq”, — deb izoh berdi videoga Iolanta Kabau.