У нас есть только
оригинальные песни

Bermud uchburchagida kemalarning yo'qolib qolish siri oshkor qilindi

calendar 03.08.2018
2313

Sautgempton universiteti olimlarining ma`lum qilishicha, Bermud uchburchagida kemalarning sirli yo'qolib qolishi sababini aniqlashga muvaffaq bo'lishdi. Bu haqda Daily Star gazetasi yozmoqda.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko'ra, ushbu mintaqadagi kemalarning ommaviy qirg'iniga Bermud uchburchagi ichida tez-tez paydo bo'lib turadigan 30 metrlik «qotil to'lqinlar» sababdir. Birinchi bunday to'lqinlar faqatgina 1997 yilda qayd etilgan. Olimlarning so'zlariga qaraganda, ular yo'q joydan paydo bo'lishi mumkin va juda katta zarar yetkazuvchi kuchga ega, hattoki eng katta kemalar ham bunga qarshilik ko'rsata olmaydi.

Sautgempton universiteti xodimlari o'z nazariyalarini sinab ko'rish uchun 1918 yilda Bermud uchburchagida g'oyib bo'lgan USS Cyclops ulkan kemasining modelini yaratishdi. Uning halokatga uchrashi vaqtida bortda 300 kishi bo'lgan. Olimlar modellashtirish yordamida «portlovchi to'lqinlar» ta`sirini yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Tadqiqotchilarning fikricha, aynan ular kemaning cho'kib ketishiga sabab bo'lgan.

Яндекс.Метрика