У нас есть только
оригинальные песни

Avtomobilning lipillaydigan stop-signali jarimaga sabab bo‘ladi

calendar 21.01.2016
1536

O‘zbekistonlik haydovchilar orasida 2015-yilda avtomobilning orqa stop-signallarini tinmasdan lipillab, chaqnab turadigan qilish juda ommalashdi. Ommalashdimi, demak, bunday tyuningga talab, xohish bor. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda faol haydovchilarning aksariyati bu holatga salbiy munosabat bildirdi.

“Nega lipillaydigan chiroqlarni o‘rnatishyapti? Chunki ba’zi birovlarning qiladigan boshqa ishi yo‘q! Old tomonga ham, orqa tomonga ham biror-bir lipillaydigan chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas. Avtohavaskorlar esa o‘z mashinasi boshqalarnikidan ajralib turishi uchun har turli texnik yangiliklar bilan uni bezashga urinadi, biroq men bunda hech qanday yaxshi narsani ko‘rmayapman”, — degandi yo‘l nazoratchisi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 127-moddasi (“Transport vositalarining tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish”) 1-qismiga ko‘ra, transport vositalarining yorituvchi qurilmalarini o‘zgartirib o‘rnatish — eng kam ish haqining bir baravari (21 yanvar holatiga ko‘ra — 130 240 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Яндекс.Метрика