У нас есть только
оригинальные песни

AQSh kompyuter tizimida keng miqyosli uzilish kuzatildi

calendar 15.06.2016
826

Kompyuter tizimidagi uzilish AQSh harbiy-havo kuchlari oxirgi 12 yil davomida olib borgan 100 ming tergov haqidagi ma’lumotlarning o‘chib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda, Defense One nashriga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.

Tizimga Lockheed Martin xizmat ko‘rsatayotgan edi. Nosozlik sababi keltirilmayapti.

Yo‘qotilgan axborotni qayta tiklash imkoniyati bor-yo‘qligi haqida hozircha aniq ma’lumot berilmayapti. Serverlari ishdan chiqqan Lockheed Martin kompaniyasi ikki hafta mobaynida ma’lumotlarni tiklashga samarasiz urindi.

Ma’lumotlar harbiy-havo kuchlaridagi qalloblik, o‘g‘rilik, xodimlar o‘rtasidagi ixtiloflar va harbiylarning ichki ishlariga daxldor edi.

Ayni paytda voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda. AQSh harbiylari Pentagon va xususiy kompaniyalar mutaxassislarini ma’lumotlarni tiklash ishiga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Яндекс.Метрика