Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin BMT Xavsizlik
kengashi yig'ilishida AQSh butun dunyoda "rossiyaliklarni talash”ni
o'ziga odat qilib olgani haqida gapirib o'tdi. Bu haqda "RIA "Novosti”
xabar berdi.
"AQSh rossiyalik fuqarolarga Amerika maxsus xizmatlari tomonidan
ig'volar uyushtirib, ularga o'ylab topilgan, aslida yo'q bo'lgan
ayblarni qo'yib, ularni talashni o'ziga odat qilib oldi”, deydi Churkin.
Churkin, shuningdek, bu ayblovlardan keyin Rossiya fuqarolari "aqlbovar
qilmas darajada ko'p yillik qamoq jazolari”ga tortilmoqdalar, deb
qo'shimcha qildi
AQSh harbiylarining Ukrainada paydo bo'lishi kulfatga aylanishi
mumkin, deb aytdi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Churkin.
Churkinning ta'kidlashicha, AQSh Kongressida Ukraina harbiylarini
kerakli qurol-aslahalar bilan ta'minlash va o'qitish uchun 1 mlrd dollar
ajratilishi haqidagi qonunni ishlab chiqilmoqda.
"Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, shu kunlarda Ukrainaning Lvov viloyatiga
300 nafar AQSh harbiysi tashlangan, ular ukrainalik askarlarga okeanorti
texnikasi bilan ishlashni o'rgatadi”, deb aytdi Churkin BMT Xavfsizlik
kengashi yig'ilishida.
"Butun dunyoga ma'lumki, qaerda amerikaliklar paydo bo'lsa, o'sha erda
kulfat boshlanadi”, deb qo'shimcha qildi Churkin