Apple “aqlli” uzukka patent oldi
02.10.2015 1177
Apple kompaniyasi "aqlli” uzuk uchun patent arizasini topshirdi. Bu haqda The Verge xabar qildi.
Texnologik yangilik tavsifida keltirilishicha, qurilma "aqlli” soatlar singari smartfonga ulangan holda ishlaydi.
Uzuk
sensor panel yoki sensorli ekranga ega bo'lib, taktil aloqa –
foydalanuvchini xabarlar kelgani haqida barmoqlarga kichik zarbachalar
berib ogohlantiruvchi tizimga ega bo'ladi. Shuningdek, uzukda ovozlarni
xabarlarni yozib oluvchi mikrofon ham joylashtiriladi. Qurilmaga
qo'lning yozish harakatlarini his etish imkoniyatini jo qilish ham Apple
rejalarida bor.
"Aqlli” uzukning shu kabi xususiyatlari patent
arizasida keltirilgan bo'lib, bu kelgusida Apple rejalari o'zgarishi
mumkinligidan dalolat beradi.