Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimiga o‘zbek tili qo‘shildi
06.11.2015 1505
Google’ning Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi — Android 6.0 Marshmallow’da o‘zbek tili mavjud.
Android operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish
jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, chunonchi:
- dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda
ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi;
- ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni
o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va
bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi "Bezovta qilmang” rejimi paydo
bo‘ldi;
- smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda
ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash
davomiyligini ancha oshiradi.