Afsonaviy GTA haqidagi film treyleri chop etildi
05.09.2015 1866
BBC’ning The Gamechangers kompaniyasi tomonidan Grand Theft Auto’ning
ishlab chiqarilishi haqidagi hujjatli film 15-sentabr kuni prokatga
chiqadi.
Kompaniya, shuningdek, film treylerini nashr qildi.
Hujjatli film Sem Xauzer (GTA’ni yaratuvchilardan biri) va GTA’ni
Amerika ko‘chalaridagi qotillik holatlarining ko‘payishiga olib keluvchi
sabab qilib ko‘rsatgan huquqshunos Jek Tompson bilan
qarama-qarshiliklari tarixini yoritadi. Film voqealari 2002-yildan
boshlab bir necha yilni o‘z ichiga oladi.