У нас есть только
оригинальные песни

2015 YB asteroidi 19 dekabrda Еr yaqinidan uchib o'tadi

calendar 19.12.2015
1773

2015 YB asteroidi 19 dekabrda Еrdan bor-yo'g'i 60 ming km uzoqlikdan uchib o'tadi, deb xabar bermoqda Moskva planetariysiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Asteroid uchib o'tadigan masofa Еrdan Oygacha bo'lgan masofadan 7 marta kichikroq bo'ladi.

“Samoviy jism 2 kun avval, ya'ni 2015 yil 16 dekabrda AQSh observatoriyalaridan birida Orion yulduzlar turkumida aniqlandi”, deb aytdi planetariy xodimi.

Asteroid Toshkent vaqti bilan soat 17:00 larda Еrga maksimal darajada yaqinlashadi. Uni faqatgina katta professional teleskoplar yordamida ko'rish mumkin bo'ladi.

Astronomlarning baholashicha, jismning o'lchami diametrida 8-18 metrni, tezligi esa 14,45 km/soniyani tashkil qiladi. Unga sayyoramiz bilan to'qnashish ehtimolini istisno qiluvchi nolinchi xavfsizlik darajasi berildi.

Яндекс.Метрика