У нас есть только
оригинальные песни

Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi

Toshkent shahridagi Inha universitetiga 32 yoshli Muzaffar Jalolov rektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi.

Muzaffar Jalolov bunga qadar «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi davlat unitar korxonasi direktorining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

U 1986-yili Toshkentda tug‘ilgan. 2007-yili Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. So‘ng Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistr unvonini olgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetining avvalgi rektori Sarvar Boboxo‘jayev xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Яндекс.Метрика