Assalomu alaykum hurmatli saytdoshlar '' Sirli Sirdosh'' loyihasi davom etadi. Sirli sirdoshingizdan kelgan noma va ko'ngil kechinmalarini o'qib fikringizni izohda qoldiring...
Bilasizlarmi qaytar dunyo deyishsa ishonmasdim. Bugun esa nimaniki uvol qilsam shunga zor bo'lmoqdaman. Hullas ishhonamizda bir qiz bor edi juda yaxshi qiz edi. Men u qiz bilan ko'p hazillashib turardim. U qiz esa hazilimni tushunmagan chog'i bir kuni sizda gapim bor ishdan kegin meni kutib turing iltimos dedi. Men kutib turdim va uqiz kelib behosdan menga sevgi ishor qilsa bo'ladimi. Tog'risi men kutmagandim shu sababdan behosdan kulib yubordim. Shu payt u qiz g'alati bo'lib nima kulasiz dedi. Men esa kulgilida siz meni sevib qoldizmi deb yana kulishni davom ettirdim. U qiz esa birdan yig'lab yuborsa bo'ladimi. Men sizga ko'nglimni ochsam sizi kulishiz nimasi dedida manoli va mo'ltirab bir qaradida ketib qoldi. Hali hamon esimdan chiqmidi o'sha yosh to'la ko'zlariyu, uyatdan qizargan yuzlari. Ertasiga u qiz boshqa bo'limga o'tib ketibdi. Shu shu uqiz menga gapirmay qo'ydi. Men ham indamadim. O'ylab qarasam u qizga men hazillarim bilan umid berib qo'ygan ekanman. Dugonasini aytishi bo'yicha uqiz mendan juda juda hafa ekan. Endi meni hatto ko'rgisi ham kelmayotgan ekan. Tog'rida men hatto oldida borim biron marta uzr ham so'radim... Oradan 5 oy vaqt o'tib ishxonamizga yangi praftikant qizlar keldi. Shu praftikant qizla ichida bir qiz boshqacha edi. Men u qiz bilan gaplashishga, tanishishga harakat qildim. Va uch oy deganda u qiz bilan do'stlashib oldik. Kegin men u qizni sevib qoldim. Va qalbimni ochmoqchi bo'ldim. Praftikant qizga ishdan kegin meni kutib turing sizda muhim gapim bor dedim. U qiz ho'p dedi. Va ishdan kegin men u qizni oldiga borib men sizni sevaman dedim. U qiz esa birdaniga kulib yubordi. Kulgidan o'zini tohtata olmay siza menimi qo'yinge hamma biladiku sizi hazilkashligizi dedida kulib kulib gapimni ohirigacha eshitmay ketib qoldi... Meni esa hayolimdan nimalar o'tmadi deysiz. Qaytar dunyo deganlari shu ekanda bir paytlar men ham bir qiz sevgisi ustidan kulgandim. Bugun esa o'zim ham kulgiga qoldim. Men u qizni endi tushunayabman yuragidan nimalar o'tganiniyu ne ne orzularini sindirganimni... Birovni ustidan kulma zinxor, seni ustingdan ham kulguvchilar bor deganlari shu ekanda...
Bu orada men sevib qolgan qizni ham praktikasi tugab hammasi o'z o'qishlariga qaytishdi. Men esa kulguga qolgan sevgim bilan yolg'iz qoldim. Maktub yozishimga sabab esa hammangizni yoningizda o'sha sevgisini ustudan kulgan qiz Madinadan uzr so'ramoqchidim. Madina iltimos meni kechiring men sizni endi tushunyabman. Siz kechirsangiz ehtimol muhabbat ham kechirarmidi. Meni taqdirni o'zi jazoladi. Huddi siz kabi meni ham ustimdan kulishdi... Madina yana bir bor uzr... Silarga esa bir gap aytmoqchi edim hech qachon hech kimni tuyg'ularini ustidan kulmelar. Siz sevgandi emas sizni sevgandi sevilar. Qaytar dunyo deganlari rost ekan. Nima qilsak bir kun albatta qaytarkan...