У нас есть только
оригинальные песни

SIRLI SIRDOSH: Hiyonatni Kechiraymi?

calendar 04.07.2011
5279

Assalomu alaykum hurmatli saytdoshlar. Sirli sirdosh loyihasi davom etadi. Habaringiz bo'lsa men '' Yigit qizni tashlab ketsa kim aybdor'' degan maqola yozgandim. Va anashu maqolaga yozilgan bir izohga (koment) ga ko'zim tushdi. Bir saytdoshimiz o'z izohida bizdan yordam maslahat so'rabdilar. Izoh quyidagicha yozilgan...

Salom! '' Yigit qizni tashlab ketsa kim aybdor'' degan mavzuyingiz menga yoqdi. Lekin men hammasiga qizlarni aybdor deb hisoblamas edim. O'zimni hayotimda bo'lib o'tgan voqeani aytib bersam. 

Men bir qiz bilan 9 oydan beri gaplashib yurardim oramizda hech narsa to'siq bo'la olmasdi. Men u qizga juda juda ishonardim. U qiz bilan hattoki tungi soat 3-4 largacha uxlamasdan telfonda gaplashardik. Bir birimiz bilan hazillashib yurardik.
Bir kuni o'sha men sevgan qiz meni ish vaqtimda menga telefon qilib. Meni bittasi o'ynatyabdi telefon qilib dedi. Kegin men u qizdan o'ynatayotgan telefon raqamni so'radim. Nomerni olgach telefon qildim. Kim bu meni sevgan qizimga tanisheylik deb o'ynatayotgan ekansiz desam. U bola e manga qara sen u qizni kimi bo'laman deding dedi. Men sevgani bo'laman deb javob berdim. U yigit esa bir paytlar men ham u qizni sevgan yigiti bo'lganman dedi. U qiz haqida hamma malumotni aytib berdi qayerda o'qigan,qayerda turadi,va qayerda ishledi hammasini to'ppa tog'ri aytib berdi. Kegin u qizdan so'rachi N..... degan bolani qayerdan tanisan deb dedi.
Men o'sha sevgan qizimdan so'radim N..... qayerdan tanisiz deb. U qiz aytdiki biz u bola bilan bitta kollejda o'qiganmiz u bilan do'st edik kegin u menga seni yoqtiraman degandi kegin men orani ochiq qildim dedi. Kegin men yana o'sha N.....ga tel qilib. O'sha qizga telefon qilib men bilan konfrensiya qiling dedim. U bola telefon qilib men sevgan qizga men bilan konfrensiya qildi. Kegin telda gaplashishdi. U bola qandesiz dedi. U qiz yaxshi rahmat o'zizchi qandesiz dedi. U bola ota onangiz rossiyaga ketibdi yaxshi yetishib olibdimi? O'zlaringiz yaxshimi uydegilar hammasi tinchmi dedi. U qiz esa ha rahmat hammasi yaxshi. Menga qareng men hozi ish qilyatudim kechro o'zim sizga tel qivoraman dedi. U bola ho'p kutaman dedi. U qiz bo'pti mayli uxlab qolmang yana deb telni qo'ydi. Ertasi kuni men u qizga tel qildim bugun nima ish qilasiz deb so'radim. U qiz aytdiki bugun ishhonada dejurman . Bo'pti bo'lmasa kechga yaqin oldizga boraman ozgina gaplashib kegin uyga ketaman dedim. U qiz esa kelmang men ishga kechro boraman dedi. Kegin kechro men uni ishhonasiga telefon qilib u qizni ishchilardan so'radim. Ishchilar esa yo'q u qiz uni bugun dejuri emasku deyishdi. Va yana ertasiga men u qizga tel qilib so'radim kecha nima ish qildiz deb. U qiz esa aytdimku kecha dejurim edi deb kecha dujurga 18-00 da bordim dedi. Men esa uni ishxonasiga 20-00 da telefon qilgandim. Ha yaxshi kecha kim bilan dejurda ediz desam. Eslay olmayapman deb bo'pti kegin o'zim telefon qilaman deb savolimga javob bermasdan telefondi qo'yib qo'ydi.
Shunday keyin men u qiz bilan orani ochiq qilish uchun u qizni yoniga bordim. Bo'ldi oramiz ochiq siz bilan endi dedim. U qiz nimaga menga ishonmayapsizmi deb yig'lab turdi. Men esa o'zizi oppoq qilib ko'rsatmang qachon tel qilsam zaynit bo'ladi gap bu yoqda ekanda. Bilasizmi men sizga ishonardim, siz esa hiyonat qildiz dedimda chiqib ketdim. 
Endi esa u qiz siz yashashim qiyin kechyapti. Iltimos maslahat berilar. Men u qizni unutmoqchiman foydali maslahatilarni kutib qoloman...

MASLAHAT: Bilasizmi menimcha siz u qiz va u qizni sobiq do'sti bilan uchchalovilar o'tirib yaxshilab gaplashib olishilar kerak. O'shanda bilinadi aniq kim yolg'on gapirgani. Ehtimol u qiz rost gapirgandur balki u bola aldayotgandur siz buni yaxshilab aniqlang. Lekin yana ularni yolg'oniga aldanib yurmang. Agar qizni gaplari yolg'on bolsa uniting u qizni. Chunki u qiz sizni zapasnoy (zahirada) muhabbatga ushlab turishiga yo'l qo'ymang. Bilasizmi silardi ortelarda ishonch yo'qolgan. Ishonchsiz esa muhabbat barbod bo'ladi. Siz uqizni kechirganizda ham baribir avvalgidak bo'lmaydi shubhanalaverasiz u qizdan endi shuning uchun unitganiz maqulroq menimcha. Unutmang hayot faqat muhabbatdan iborat emas. Tog'ri sizga oson bo'lmaydi. Lekin vaqt shunaqa narsaki vaqt hamma narsani o'zgartiradi vaqt hammasiga davo ishoning. Va hayotda olg'a qadam tasheng yurak urib turibdimi demak hayotiz davom etadi. Hali juda yosh ekansiz hali yaxshi kunlariz oldinda. Sizga yana bir gap aytemi tog'risida hozir daraxtni bir tepsez qizlar tushadi tog'risida. Bu gapim bilan yaxshi vafodor qizlar bor demoqchiman. Tog'ri bizga undey qiling bunday qiling diyish oson. Nima bo'lganda ham aql bilan ish qiling va va hammasi yaxshi bo'lishiga ishoning. Sizga esa ollohdan, vafodar, aqlli, chiroyli ,sizni rostan ham sevadigon bir qiz uchratishini so'rab qolaman. Sizchi hurmatli saytdosh Sirli sirdoshingizga nima deb maslahat berasiz....