У нас есть только
оригинальные песни

Blatter Qatar JCh-2022 mezbonligini firibgarlik bilan qo'lga kiritgani haqida aytdi

Blatter Qatar JCh-2022 mezbonligini firibgarlik bilan qo'lga kiritgani haqida aytdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter ma`lum qildiki, 2022 yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash bo'yicha ijro qo'mitasi uning Qatar turnirga mehmonlik qilishga layoqatli emasligi haqidagi tavsiyalarini e`tiborsiz qoldirgandi.

Ayni vaqtda 82 yoshda bo'lgan shveysariyalik sobiq amaldorning aytishicha, Qatarning g'alabasi qonunga qarshi kelishuvlar va ijroiy qo'mita a`zosi Mishel Platiniga o'tkazilgan siyosiy bosimlar natijasidir.

2015 yilda korruptsion mojaro tufayli futboldan umrbod chetlatilgan Yozef Blatter o'zining Ma Vérité (Mening haqiqatim) nomli kitobida ijroiy qo'mita a`zolari mundial mezbonligiga da`vogar mamlakatlarning hisobotlarini ochib o'qimagani, chunki ular kimga ovoz berishlari kerakligi oldindan ma`lum bo'lgani haqida yozadi.

«Agar biz bu hisobotlarni sinchiklab o'rgansak, jahon chempionati Qatarda o'tkazilmasligi kerakligini bilamiz.

Men Qatarning Fransiya aviatsiyasiga milliardlab yevro kiritishi va «PSJ» klubi sotib olinishi bilan JCh-2022 mezbonligi qo'lga kiritilishi o'rtasida bog'liqlik bormi, yo'qmi, undan keyin nima bo'lgan, buni bilmayman va bilishni ham istamayman», – deya yozadi Blatter o'z kitobida.

Яндекс.Метрика