9- may " Xotira va qadrlash kuni! "
09.05.2013
10544
Xotira va qadrlash kuni! Bu qutlug‘ kunda o‘tganlar xotirasi va ularning jasoratlari, ezgu ishlari hurmat bilan yodga olinadi. Biz bilan hamnafas yashayotgan piri badavlat faxriylarimizga, nogironlarga, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, umuman mehrimizga muhtoj kishilarga izzat-ikrom ko‘rsatiladi, ular moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi.
Xalqimiz ongi shuuriga tobora chuqurroq singib borayotgan bu boqiy qadriyat qalblarga yorug‘lik olib kirishi bilan bir qatorda yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda, ma’naviyatimizni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shu kunlarda O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda joylarda ana shunday xayrli ishlarni amalga oshirayapti. Zero, xotira aziz, qadr muqaddasdir!