У нас есть только
оригинальные песни

Yo‘l harakat xavfsizligini buzganlar uchun jarimani onlayn-tekshirish servisi rasman ishga tushiriladi

calendar 12.05.2017
1411

Xizmat barcha foydalanuvchilar uchun mutlaqo bepul. Jarimalar haqida ma’lumot olish uchun uch-to‘rt harakat bilan avtomobil egasining ma’lumotlarini kiritish lozim, deb xabar berdi “Elektron hukumat”ni rivojlantirish markazi.

Ushbu xizmat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (www.mvd.uz) hamdaO‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (www.mitc.uz)ning qo‘llab-quvvatlashi asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining test rejimidagi yangi talqinida** UZINFOCOM (www.uzinfocom.uz) va “Elektron hukumat” markazlari (www.egovernment.uz) tomonidan http://my2.gov.uz manzilida ishga tushirilmoqda.

Yagona portalda avtorizatsiya uchun Elektron hukumat foydalanuvchilarining yagona identifikatsiya tizimidan (id.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Яндекс.Метрика