Yengil vaznda UFC chempioni Konor MakGregor joriy yil iyunida O'zbekistonga kelmoqchi. Bu haqda sports.uz xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi may oyida oilasi bilan Germaniya va BAAga tashrif buyurmoqchi. Yozda esa Osiyoning bir nechta davlatlarida, jumladan O'zbekistonda bo'lishni rejalashtirgan.
UFC rahbari Dana Uayt ma`lum qilganidek, Konor chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Endi chempionlik kamari uchun Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson ringga chiqishadi. Jang aprelda bo'ladi. Agar Konor UFC’ga qaytsa, to'g'ridan-to'g'ri chempionlik jangida ishtirok etadi.
MakGregorning so'nggi jangi amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarshi kechgan. Boks qoidalari bo'yicha o'tgan jangda Meyvezer 10-raundda MakGregorni nokautga uchratgandi.